25/03/2025

   

 Joriy yilning 20-mart kuni Muzrabot tuman hokimligida, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi mutaxassislari va Muzrabot tumani statistika boʻlimi boshligʻi tomonidan Aholini roʻyxatga olish va uni o'tkazish mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Seminarda Muzrabot tumani hokimi oʻrinbosari va mahallalar raislari ishtirok etdi. Mas'ul xodimlar aholini roʼyxatga olish toʻgʻrisidagi Prezident farmon, qaror va qonunlari hamda tadbirning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada koʻrilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida soʻz yuritildilar.
Mavzu boʻyicha berilgan maʼlumotlar asosida ishtirokchilarning fikr mulohazalari, takliflari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.