14/03/2025

Tadbirkorlik subyektlariga statistika hisobotlarini taqdim etishda yanada qulay muhit yaratish hamda ko‘p sonli respondentlarning takliflarini inobatga olgan holda, taqdim etish muddati 2025- yil 10- mart sanasi etib belgilangan quyidagi statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddati 2025- yil 17- mart (dushanba kuni ham qo‘shib hisoblangan) sanasiga uzaytirildi:

1-kb (yillik) shakli “Mikrofirma va kichik korxonalarning 2024-yil uchun hisoboti” (mazkur hisobotlarning barcha ilovalari bilan birga);

1-fx (yillik) shakli “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2024-yil uchun hisoboti”.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ushbu hisobotlarni belgilangan muddatdan kechikmasdan taqdim etilishini respondentlardan so‘rab qoladi.