14/03/2025

Joriy yilning 13- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida BMTning Bolalar  jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

13_037j1a1271-vbvbvbv_p42415

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat xodimlari hamda BMT Bolalar  jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio ishtirok etdi.

Uchrashuv ishtirokchilari,  O‘zbekiston Respublikasida Multiindikator klaster kuzatuvlari 7- raundiga (MICS-7) tayyorgarlik ko‘rish, bolalar huquqi, bolalar orasida kambag‘allik va boshqa ijtimoiy statistik ko‘rsatkichlarni tayyorlash va kengaytirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. 

Uchrashuvda BMTning Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlik masalalari BMTining O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan navbatdagi Barqaror Rivojlanish Hamkorlik Dasturida ham aks ettirilganligi qayd etildi.

Tomonlar hamkorlikning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha kelgusidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga kelishib oldilar.