Joriy yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich boshchiligidagi Markaziy apparat xodimlari hamda va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish, demografik barqarorlik strategiyasini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish va milliy statistik tizimlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha muhokama qilindi.
Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va hamkorlikning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha kelgusidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga kelishib oldilar.