Joriy yilning 18-fevral kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig'i T. Mamatmuratov, Oltinsoy tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning 22-umumiy o'rta ta'lim maktabida aholini roʼyxatga olish toʻgʻrisidagi Prezident farmon, qaror va qonunlari hamda tadbirning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada koʻrilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida seminar o'tkazildi.