12/02/2025

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida 84 054 ta tug‘ilganlar qayd etilgan.

Shundan:

o‘g‘il bolalar - 43 393 nafar,

qiz bolalar - 40 661 nafarni tashkil etadi.

Viloyatimiz hududlari kesimida tug'ilganlar soni quyidagicha taqsimlangan:

Denov - 12 754 ta,

Qumqo'rg'on - 7 613 ta,

Jarqo'rg'on - 7 079 ta,

Sho'rchi - 6 981 ta,

Sariosiyo - 6 417 ta,

Oltinsoy - 5 871 ta,

Uzun - 5 657 ta,

Sherobod - 5 615 ta,

Termiz sh - 5 168 ta,

Muzrabot - 4 282 ta,

Angor - 3 903 ta,

Qiziriq - 3 768 ta,

Boysun - 3 512 ta,

Termiz - 2 766 ta,

Bandixon - 2 668 ta.

Ma’lumot uchun: tirik tug‘ilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urish, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyor qisqarishi) biri mavjud bo‘lsa bola tirik tug‘ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lishi lozim.