12/02/2025

2025- yilning 11- fevral kuni Statistika agentligida joriy yilning 3–6- fevral kunlari Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Gender tengsizligi va makroiqtisodiy natijalarga asoslangan siyosatni ishlab chiqish” mavzusida tashkil etilgan seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

7j1a9042bnbnb_p65537

7j1a9002mmm_p51758

Taqdimotda ushbu seminarda ishtirok etgan Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi Mehnat statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Baxtiyor Zokirov olgan bilim va koʻnikmalarini agentlik xodimlariga yetkazdi.

7j1a9011zxzxzxz_p14639

7j1a9034vvvbcvcv_p24204

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

7