11/02/2025

Joriy yilning 7-fevral kuni Statistika agentligida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari ishtirok etishdi.

7

Tadbirni Statistika agentligining Yuridik bo‘limi yetakchi yuriskonsulti Orifjon Soliyev ochib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

7j1a8728_p69577

Shuningdek, xodimlarga joriy yil boshidan bugunga qadar qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini tushuntirildi.

7

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-11-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-13-son Farmonining mazmun mohiyati va vazifalari bayon etildi.

7j1a8745_p31280

Shuningdek, xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida statistika ma’lumotlarini taqdim etish faoliyati hamda ularning huquqiy asosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 612-son qarorining mazmun-mohiyati va huquqiy jihatlari tushuntirildi.

7j1a8765_p64617

Tadbir yakunida ishtirokchilarining savollariga batafsil tushunchalar berildi.