Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, viloyatmizda chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 483 tani, shundan qo‘shma korxonalar 66 ta va xorijiy korxonalar 417 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Savdo – 289 ta
Sanoat – 67 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 37 ta
Qurilish – 30 ta
Tashish va saqlash – 17 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 13 ta
Axborot va aloqa – 13 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 4 ta
Boshqalar – 13 ta