2024-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 15 277,5 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 79,3 % ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 78,6 % yoki 12 012,2 mlrd so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 21,4 % yoki 3 265,3 mlrd so‘m moliyalashtirildi.
Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2 520,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 12 756,8 mlrd so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.