2024-yilning 1-dekabr holatiga Surxondaryo viloyatida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 2 079 tani tashkil etdi.
Qurilish korxonalarining katta qismi, ya’ni 510 tasi yoki viloyatdagi jami korxonalarning 24,5 % i Termiz shahrida joylashgan.
2024-yilning yanvar-noyabr oylarida, Surxondaryo viloyatida jami 10 495,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,3 % ni tashkil etdi.
Ma'lumot uchun, Termiz tumanida – 172 ta (viloyat bo‘yicha ularning jami soniga nisbatan 8,3 %), Jarqo‘rg‘on tumanida 170 ta (8,2 %) qurilish korxonalari mavjud bo‘lib, qolgan hududlarga nisbatan kattaroq ko‘rsatkichga ega.