(2024-yil 1-dekabr holatiga)
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 408 ta yoki 85,5 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki:
ushbu sohadagi korxonalar sonining 96,4 foizi sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi;
yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 2,5 foizni tashkil etdi;
yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 1,1 foizini tashkil etdi.