02/10/2024

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 141,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 174,1 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Polietilen eksporti hajmi 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,7 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning 8 oyida 15 ta davlatga polietilen sotgan.

2024- yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:

Turkiya  – 80,2 ming tonna;

Latviya  – 27,4 ming tonna;

Rossiya  – 23,5 ming tonna;

Xitoy – 20,1 ming tonna;

Qozogʻiston – 16,2 ming tonna;

Gruziya – 2,9 ming tonna.

02_10_2024-polietilen_p38743