Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2024-yil 1-noyabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,9 foizi yoki 8 284 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.
Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi 61,6 foiz ulushni tashkil etdi;
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida 27,4 foiz ulushni tashkil etdi;
- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 11,0 foiz ulushni tashkil etdi.