22/11/2024

2024-yilning 20-noyabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi boʻlim boshligʻi Z. Umirqulov, Narx statistikasi boʻlim yetakchi mtaxassisi A. Saydalimov va hududiy statistika boʻlim registratorlari bilan birgalikda Boysun va Bandixon tumanlarida 5 narx oʻrtacha haftalik kuzatuvida ishtirok etdi.

Kuzatuv davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrganildi hamda registrator tomonidan planshet qurilmasiga narxlar sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Maʻlumot uchun: Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi mavjud boʻlib, mazkur platformada savdo majmualari roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan. Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, tovar narxlarini elektron dasturda qayd.