30/09/2024

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 12 ta davlatga qiymati 24,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 30,1 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.

Olxoʻri eksporti qiymati oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,1 mln AQSH dollariga oshgan.

2024- yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olxoʻri eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 19,1 ming tonna;

Qozogʻiston – 9,4 ming tonna;

Qirgʻiz Respublikasi – 1,4 ming tonna;

Belarus – 177 tonna;

Mongoliya – 14 tonna;

BAA – 7,8 tonna.

27_09_2024-olkhri-eks_p75198