O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qaror ijrosini ta’minlash hamda statistika tizimi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha “Direktor kubogi” musobaqasi boshlandi.
Mazkur musobaqada Statistika agentligi sport targʻibotchisi boshchiligida qur’a tashlash yoʻli bilan oʻzaro raqiblar aniqlandi hamda hakamlar tomonidan mini-futbol oʻyin qoidalariga ko‘ra nazoratga olindi.
2024- yilning 17- sentabr kuni Buxoro shahrida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy hamda Buxoro viloyatlari Statistika boshqarmalari xodimlaridan iborat bo‘lgan jamoalar ishtirok etishdi.
Dastlabki saralash o‘yinida Xorazm viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi 1-0 hisobida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, g‘alaba qozondi. So‘ngra, Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi 4-2 hisobida Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, g‘alaba qozondi.
Qizg‘in va shiddatli tarzda o‘tgan saralash bosqichining yakuniy o‘yinida Xorazm viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi 3-2 hisobida Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Musobaqada faol ishtirok etgan jamoalarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Musobaqaning keyingi o‘yinlari joriy yilning 18- sentabr sanasida Samarqand shahrida Jizzax, Qashqadaryo, Surxandaryo hamda Samarqand viloyati statistika boshqarmalari jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.