2024-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 680,4 ming tonna don (2023-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 6,1 % ga ko‘p) yetishtirildi. Don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 68,7 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilmoqda.