Joriy yilning 30-avgust kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar yetkazildi:
- 2024-yil 15-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-292-son qarori
- 2024-yil 23-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”gi PF-118-son Farmonining mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti
O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.