Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikada parrandalarning umumiy bosh soni 99 291,8 ming boshga yetgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,4 % ni tashkil etgan.
Parrandalar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (16,9 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Samarqand (13 %) va Andijon (10,2 %) viloyatlarida ham parrandalar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.