Joriy yilning 28- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Malayziya Statistika departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi agentlik markaziy apparati xodimlari hamda Malayziya Statistika departamenti rahbari doktor Mohd Uzir Mahiddin ishtirok etdi.
Uchrashuvdan maqsad Malayziya Statistika departamenti va Statistika agentligi oʻrtasidagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qilish, 2024- yil 26- fevralda imzolangan oʻzaro anglashuv Memorandumi doirasida belgilangan hamkorlikdagi masalalarni davom ettirish va statistika sohasida ilgʻor tajribalarni almashshi yuzasidan boshqa masalalar muhokama qilindi.
Tashrif davomida Malayziya Statistika departamenti rahbari va Statistika agentligi rahbari agentlik muzeyini tomosha qilishdi.