29/08/2024

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 21- fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

1_-28_08_2024-54gfgf-7j1a1640

2_-28_08_2024-54gfgf-7j1a1594

Ushbu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targʻib etishga qaratilgan koʻplab tadbirlar tashkil etiladi.

3_-28_08_2024-54gfgf-7j1a1612

4_-28_08_2024-54gfgf-7j1a1619

Shu munosabat bilan, joriy yilning 28- avgust kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkazilmoqda.

5_-28_08_2024-54gfgf-7j1a1622

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi jamoasi ham faol ishtirok etishdi.

6_-28_08_2024-54gfgf-7j1a1649

“Avtomobilsiz kun” tadbirini oʻtkazishdan asosiy maqsad, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

7_-28_08_2024-54gfgf-7j1a1662