Joriy yilning 16-avgust kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida, boshqarmaning tarmoq bo’limlari xodimlari uchun STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.
Mazkur o‘quv seminarda tarmoq bo’limi xodimlariga STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, dasturdan foydalanish hamda maʼlumotlar xavfsizligi masalalari amaliy misollar bilan tushuntirildi va ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.
STATA bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv seminarda xodimlar chuqur bilim va tushuncha olishlari uchun, interaktiv usullardan keng foydalangan holda Markaz mutaxassislari tayyorlagan video qo‘llanmalardan hamda video darsliklardan keng foydalanildi.