16/08/2024

 

     Joriy yilning 16-avgust kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar yetkazildi:

  1. 2024-yil 7-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining  “Energetika to‘g‘risida”gi O‘RQ-939-son Qonunining mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi.
  2. 2024-yil 7-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining  “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son Qonunining mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi

 Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.