14/08/2024

Dastlabki maʻlumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 260,2 ming tonna poliz yetishtirilgan.

Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 % ga oʻsgan.

Poliz yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyati (25,3 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shuningdek, Qashqadaryo (16,9 %), Andijon (9,6 %) va Buxoro (9,1 %) viloyatlarida ham poliz yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

14_08_2024-poliz_p23623