13/08/2024

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 072,1 ming tonna meva yetishtirilgan.

Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,1 % ga oʻsgan.

Meva yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Andijon viloyati (23 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shuningdek, Fargʻona (20 %), Buxoro (12,6 %) va Samarqand (8,5 %) viloyatlarida ham meva yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

12082024-mevalar_p89061