13/08/2024

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo (44,4 %) va Jizzax (37,5 %) viloyatlarida, sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy (75,1 %) va Toshkent (49,2 %) viloyatlarida kuzatilgan.

Shuningdek, qurilishning eng yuqori ulushi Buxoro viloyati (10 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,3 %) kuzatilgan.

Xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa Toshkent shahri (62,2 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (48,2 %) qayd etilgan.

09082024-sns-yaim_p36912