09/08/2024

Joriy yilning 9-avgust kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart sanasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Surxondaryo viloyati Termiz tumanining mahallalarini xaritalari yordamida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashkiliy rejani tuzishga doir mutaxassisi S. Guseynov ishtirok etib o‘zining tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.