Joriy yilning 7-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirgʻiz Repsublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Axborot va kiberxavfsizlik mutaxassislari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Maʻlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi oʻrtasida ilgʻor tajriba almashish va ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etish va Qirgʻiz Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi oʻrtasida 2017-yil 6-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan statistika sohasida oʻzaro anglashuv va hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumda nazarda tutilgan.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Ulugʻbek Noipov, Axborot va kiberxavfsizlikni taʻminlash boshqarmasi boshligʻi Shaxboz Djanadilov va bo‘lim xodimlari hamda Qirgʻiz Respublikasi milliy statistika qoʻmitasidan Intellektual ma’lumotlar markazi direktorining oʻrinbosari – Erkin Kolbayev, Tizim ma’muriyati va boshqaruvi boʻlimi bosh muhandisi – Hamid Sabirov, Tizim ma’muriyati va boshqaruvi boʻlimi muhandisi – Artem Konyuxov, Milliy statistika qoʻmitasi ma’lumotlarining axborot xavfsizligi va maxfiyligini himoya qilish boʻyicha mutaxassis – Artur Aspekov va Nina Valieva GOPA Consulting Group kompaniyasi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Uchrashuv mavzusi Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi Milliy statistika idoralarida “Audit va kiberxavfsizlik”ni ta’minlash masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish boʻldi.
Statistika agentligi vakillari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida axborot xavfsizligini ta’minlash” mavzusida taqdimot oʻtkazishdi.
Taqdimot natijalariga koʻra, tomonlar axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi joriy amaliyotni muhokama qilishdi, qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi.