2024-yilning yanvar-iyun oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 62 687,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, 23,4 % ni tashkil etgan.
Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 120 % darajasida qayd etilgan.
Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 58,3 % ni yoki 36 545,6 mlrd soʻmni tashkil qilgan.