07/08/2024

Statistika agentligi tomonidan 2024-yil 6-avgust kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida quyidagilar boʻyicha axborot beriladi:

— Oʻzbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi;

— Xalqaro valyuta jamgʻarmasining texnik koʻmak missiyalari jalb etildi;

— Hududlarda norasmiy va yashirin iqtisodiy faoliyatni oʻrganish boʻyicha tanlanma statistika kuzatuvlari oʻtkazildi;

— Oʻzbekistonda YAIM hajmi 100 mlrd AQSH dollaridan oshdi.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar, marhamat matbuot anjumanida qatnashib, oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qiling!

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy.

matbuot-anzhumani_p27887