29/07/2024

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 15 980,0 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni,

shu jumladan,

dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar - 15 811,2 mlrd. so‘mni (103,6 %),

o‘rmon xo‘jaligi - 127,5 mlrd. so‘mni (103,2 %),

baliqchilik xo‘jaligi - 41,3  mlrd. so‘mni (117,6 %) tashkil qildi.

Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Surxondaryo viloyatining ulushi 9,4 % ni tashkil etdi.