25/07/2024

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 21 381,9  mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda  5,4 % ga o‘sdi.

YAHM deflyator indeksi 2023-yilning yanvar-iyun oylari narxlariga nisbatan 109,0 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Surxondaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 3,8 % ga yetdi.