2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 79,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,1 % ga oshgan.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar kesimida xususan, Toshkent shahri (19 288,6 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (8 007,6 mlrd soʻm) va Buxoro viloyatida (5 893,4 mlrd soʻm) qurilish ishlarining yuqori hajmi qayd etilgan.