19/07/2024

Joriy yilning 19-iyul kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan xodimlarga 2024-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 387-son qarorining mazmun mohiyati yetkazildi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.