2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 56,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining ulushi – 70,4 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi - 18,8 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi – 10,8 % ni tashkil etdi.