Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, viloyatmizda chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 319 tani, shundan qo‘shma korxonalar 63 ta va xorijiy korxonalar 256 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Savdo – 149 ta
Sanoat – 58 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 32 ta
Qurilish – 24 ta
Tashish va saqlash – 17 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 12 ta
Axborot va aloqa – 10 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 3 ta
Boshqalar – 14 ta