Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra viloyatmizda 2024-yilning 1-iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 19 461 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 726 tani tashkil qildi (ulushi 24,3 %). Shunda xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Denov tumani – 675 ta
Termiz shahri – 668 ta
Uzun tumani – 454 ta
Sariosiyo tumani – 391 ta
Jarqo‘rg‘on tumani – 380 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 2 147 ta
sanoatda – 646 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 468 ta
qurilishda – 424 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 260 ta