2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 56,9 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,6 ming nafarga yoki 76,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Tojikiston — 43 287 nafar;
Qozogʻiston — 6 615 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 5 485 nafar;
Rossiya — 925 nafar;
Turkmaniston — 462 nafar;
Turkiya — 23 nafar;
Afgʻoniston — 16 nafar;
Ozarbayjon — 9 nafar;
Ukraina — 8 nafar;
AQSH — 7 nafar;
Boshqa davlatlar — 37 nafar.