Joriy yilning 12-iyul kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan xodimlarga 2024-yil 2-iyul kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-98-son Farmoni va 2024-yil 21-iyun kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-229-son qarorining mazmun mohiyati yetkazildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.