11/07/2024

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-iyun oylarida jami yangi tashkil etilgan korxonalar  soni 2 720 tani tashkil etib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) quyidagicha shakillandi:

savdoda – 911 ta

sanoatda – 714 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 324 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 254 ta

qurilishda – 119 ta

axborot va aloqada – 67 ta

tashish va saqlashda – 50 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 41 ta

boshqa sohalarda – 240 ta