10/07/2024

Surxondaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yil yanvar-may holatiga koʻra, 44 585,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

Shundan eksport 35 146,0 ming AQSH dollariga yetgan boʻlsa,

import 9 439,6 ming AQSH dollari qiymatida qayd etildi.

Surxondaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (73,0 %), Qozogʻiston (14,6 %), Turkmaniston (4,4 %) hamda Belarus (2,6 %) davlatlari bilan qayd etildi.