05/07/2024

Joriy yilning 5-iyul kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan xodimlarga 2024-yil 27-iyun kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-239-son qarorining mazmun mohiyati yetkazildi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.