Joriy yilning 7-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Ma'naviyat va ma'rifat kengashi va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Statistika agentli direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich dilbar opa-singillarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Statistika agentligi tizimida oʻzining bor kuch-salohiyati, bilim va tajribasini ayamay fidokorona mehnat qilib, soha rivojlanishiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh xotin-qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari berildi.
Shundan so‘ng, aziz ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Kuy-qo‘shiqlar opa-singillarimiz kayfiyatini yanada ko‘tardi.
Go‘zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo‘lsin!
Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz ayollar, qadrli opa-singillar!
Samimiy va cheksiz hurmat ila, Statistika agentligi jamoasi