Joriy yilning 1-mart kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar yetkazildi:
"Siyosiy-ma’rifiy soati",
O‘zbekiston Respublikasining 09.01.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-899-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 02.02.2024-yildagi O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining 02.02.2024-yildagi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-903-son Qonunlari