23/02/2024

Joriy yilning 23-fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha boshqarmaning bo'lim boshliqlari va xodimlarini ogohlikka chaqirish va ularning bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirish borasida seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-sonli Farmonining mazmun-mohiyatini har bir xodim bilishi va amal qilishi lozimligi aytib o‘tildi.
Seminar yig'ilishida korrupsiyaga oid mavzular bo'yicha savol-javoblar bo'lib o'tdi hamda seminar qatnashchilari o'tkazilgan seminarning mavzusi bo'yicha to'liq tushunchaga ega bo'ldilar.