2023-yil yanvar-dekabr oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 108 477,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
2022-yilga nisbatan ushbu xizmat turi 8 % ga oshgan.
Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (19 804,4 mlrd. soʻm), Toshkent (7 268,7 mlrd. soʻm), Samarqand (6 805,1 mlrd. soʻm), Fargʻona (5 091,6 mlrd. soʻm) hamda Andijon (4 312,5 mlrd. soʻm) viloyatlarida qayd etilgan.