2024-yilning 1-fevral holatiga jami 305 976 ta masʻuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 111 888 ta
sanoat sohasida – 46 108 ta
qurilish sohasida – 29 535 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 28 106 ta
tashish va saqlash sohasida – 15 933 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 15 473 ta
axborot va aloqa sohasida – 8 620 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 6 715 ta
boshqa sohalarda – 43 598 ta