16/02/2024

Joriy yilning 16-fevral kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:

Siyosiy-ma’rifiy soati”,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-62-son qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevral kuni “Ozbekiston Respublikasi Ma’muriu Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 248-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-902-son Qonuni qabul qilindi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati