14/02/2024

Joriy yilning 13- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 7­­-9-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan tashkil etilgan “Taʼlim statistikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya” natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

1-7b5a4102

2-7b5a4120

Ushbu tadbirda xalqaro konferensiyada qatnashgan Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi, Ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo‘limi bosh mutaxassisi Bekzod Allamuradov anjumandagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot qildi.

3-7b5a4107

4-7b5a4124

 Taqdimot davomida xalqaro konferensiyada muhokama qilingan taʼlim statistikasi bo‘yicha ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

5-kupkrf

6-7b5a4104

Shuningdek, texnologik ishlanmalarning ta’lim statistikasiga ta’siri, mavjud metodologiyani takomillashtirish, ta’lim statistikasini shakllantirishda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar manbalari va tavsiya etilgan usullar hamda rivojlangan mamlakatlar tajribalari bilan tanishtirildi.

7-7b5a4131

Tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.